

Manbaga ko'ra, futbolchi buni Fransiya terma jamoasi joylashgan joyda o'tkazayotgan mashg'ulot vaqtida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaga aytgan. Mbappe Pogbaning qulog'iga "hammasidan bezor bo'ldim", degan.
Eslatib o'tamiz, PSJ 1/8 final bosqichida "Real"ga yutqazib, Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi. Parij klubi Fransiya chempionatida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda, ammo so'nggi o'yinda “Monako”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Oldinroq 23 yoshli Mbappe yozgi transfer oynasida tekinga "Real"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



