Mats Xummels “Arsenal”ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin
6 noya 2013, 13:08
Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Mats Xummels, Chempionlar ligasi 4-tur guruh bosqichi doirasida “Arsenal”ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkin.
“Xummelsning bu o'yinda maydonga tushmasligi 97.5% tashkil etadi. Shifokorlar uni maydonga tushirish uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishdi, biroq u hali tuzalgani yo'q”, - Yurgen Kloppning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.