Martinelli Braziliya termasiga chaqirilgani uchun tanqid ostida qolganiga javob berdi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2022, 15:46
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli JCH-2022 uchun Braziliya terma jamoasiga jalb etilgani haqidagi tanqidlarga javob qaytardi.

"Men buni jiddiy qabul qilmayman. Braziliyadagi ko'pchilik muxlislar meni yaxshi tanishmaydi. Shuning uchun men tanqidga ko'p ham e'tibor bermayman. O'z imkoniyatlarimni bilaman va jamoa uchun hamma narsani qilaman. Mundialga borish men uchun ulkan tajriba bo'ladi", – dedi Martinelli.

Gabriel joriy mavsum Premer-ligada 13 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.

Qatardagi JCH 20 noyabr kuni start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror