"Manchester Yunayted" "Yuventus" futbolchisi uchun 80 mln evro to'lamoqchi

Mirjalol Normatov
11 mar 2018, 15:41
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Yuventus"ning qanot himoyachisi Aleks Sandroga bo'lgan qiziqishlarini yo'qotmadi.

"Daily Mirror" nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" rahbariyati braziliyalik futbolchi uchun 80 mln evrodan voz kechishga tayyor. Shuningdek, unga "Yuventus"dagidan ikki baravar ko'proq yillik maosh to'lashni rejalashtirmoqda.

Bu mavsumda Sandro 29 o'yin o'tkazdi va 3 gol urib, 5ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror