"Manchester Yunayted" Sulsherga yangi shartnoma taklif qiladi va maoshini oshiradi

Aziz Tukhtamuradov
26 mar 2021, 08:51
MYU klub bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, yangi kelishuv 2024 yilga qadar mo'ljallangan bo'ladi va murabbiyning maoshi 10 million funt qilib belgilanadi. Hozir u 7 million maosh olmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Sulsher 2018 yildan buyon jamoani boshqarmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilda o'z yakuniga yetishi kerak. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Mail