"Manchester Yunayted" A Seriyada 5ta o'yinda, 4ta gol urgan futbolchini kuzatmoqda

Alisher
27 sen 2019, 13:54
MYU o'z hujum chizig'ini Duvan Sapata bilan kuchaytirishni xohlamoqda.

"Old Trafford"da A Seriyaning bronza medallariga sazovor bo'lgan forvardni katta qiziqish bilan kuzatishmoqda.

Kolumbiyalik futbolchi joriy mavsum 5ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

Sapataning transfer huquqi "Sampdoriya"ga tegishli, Bergamoda esa u ijara asosida harakat qilmoqda.

"Atalanta" tez orada shartnomadagi o'yinchini sotib olish huquqidan foydalanmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato