"Yuventus" "Atalanta" yetakchilaridan birini xarid qilishni rejalashtirmoqda

Alisher
12 apr 2021, 14:48
"Atalanta" markaziy hujumchisi Duvan Sapata "Yuventus"ning yozdagi transfer maqsadlaridan biridir.

"Keksa sinora" xo'jayinlari 30 yoshli kolumbiyalik o'yinchini xarid qilishga tayyorlar, ammo Bergamo klubi o'yinchining transferi uchun 50 million ero so'ramoqda.

Turinliklar bu miqdor oshirib yuborilgan deb hisoblaydi. Sapata "Atalanta" libosida 2018 yildan beri o'ynaydi.

Duvan joriy mavsum 29ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato