"Manchester Yunayted" 35 yoshli darvozabonni o'z safiga chorlamoqda

Sherzod Nurmatov
18 avg 2022, 20:11
Mankunianlar "Everton"ning 35 yoshli posboni Asmir Begovichga qiziqish bildirishyapti.

Ma'lum bo'lishicha, "Manchester Yunayted" Din Henderson ijara asosida  "Nottingem Forest"ga ketganidan so'ng joriy mavsum uchun ikkinchi raqamli darvozabon izlashni boshlab yuborgan.

35 yoshli bosniyalik futbolchi MYU murabbiylar shtabi nazarida David De Xeaning munosib o'rinbosari bo'ladi.

Shu bilan birga, "Everton" bosh murabbiyi Frenk Lempard darvozabonni sotishni istamasligi haqida aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph