"Manchester Siti" va "Roma" 17 yoshli braziliyalik uchun 25 mln evro berishga tayyor

Tolibjon Qosimov
20 okt 2017, 11:16
"Korintians" yarim himoyachisi Vitinoga "Manchester Siti" va "Roma" qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Calcio Mercato" xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 17 yoshli futbolchining shartnomasidagi tovon puli 25 million evroni tashkil etadi. Hozir Vitino Hindistonda bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida Braziliya U-17 termasi tarkibida o'ynamoqda.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Calcio Mercato