"Manchester Siti" Ronaldu bilan shartnoma imzolamaydi. "Shaharliklar" muzokaralardan voz kechdi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2021, 19:13
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Siti"ga o'tmaydi.

"Shaharliklar" 36 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokaralardan voz kechishga qaror qildi.

Angliya klubi "Yuventus"ga rasmiy taklif bilan chiqmagan, shaxsiy shartnoma shartlari ham kelishilmagan.

"Manchester Yunayted" esa muzokaralarni davom ettirmoqda hamda futbolchiga asosiy da'vogar bo'lib qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano