"Manchester Siti" Keyn uchun rekord darajadagi pulni to'lashga tayyor

Alisher
17 avg 2021, 13:24
Angliya terma jamoasi va "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Manchester Siti"ning transfer maqsadi bo'lib qolmoqda.

"Shaharliklar" yozgi transfer oynasi yakuniga qadar futbolchining transferini kelishishga ulgurishmoqchi. Angliya chempioni hujumchi uchun 120 million funt (~140 million evro) to'lashga tayyor. Bu ingliz futboli uchun rekord puldir.

Ammo, londonliklar o'z yetakchilaridan ko'proq pul ishlashmoqchi, sababi uning shartnomasi yana uch mavsumga mo'ljallangan.

Keyn o'tgan mavsum APL doirasida 23ta gol va 14ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN