"Manchester Siti" "Benfika" futbolchisi uchun 120 mln evro to'lashga tayyor

Tolibjon Qosimov
22 mar 2019, 21:16
"Manchester Siti" klubi "Benfika" forvardi Joau Felishni sotib olmoqchi.

Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

"Manchester Siti" sport direktori Chiki Begiristayn 14 mart kuni Lissabonga bordi va Yevropa ligasi 1/8 final doirasida "Benfika" hamda "Dinamo" (Zagreb) bahsini kuzatdi. Shuningdek, 19 yoshli portugaliyalikni "Yuventus" qiziqishlarini himoya qiladigan agent Pedru Mendesh ham kuzatib bormoqda.


Felishga "Manchester Yunayted" va "Real" ham qiziqish bildirmoqda. Lekin, "shaharliklar" bu borada favorit hisoblanishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Sun