"Manchester Siti" "Benfika" darvozaboni uchun rekord darajada pul taklif qiladimi?

Tolibjon Qosimov
29 may 2017, 20:58
"The Guardian" nashrining tasdiqlashicha, ushbu yozda darvozabonlar orasida transfer rekordi yangilanishi mumkin.

Gap shundaki, Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Benfika"ning braziliyalik darvozaboni Edersonni nishonga olgan. "Shaharliklar" futbolchi uchun 34,9 million funt sterling to'lashlari mumkin. Bu yangi rekord bo'ladi.

Hozirgacha, darvozabonlar orasidagi rekord transfer "Yuventus"ga tegishli. "Keksa sinora" Janluiji Buffonni "Parma"dan sotib olish uchun 33 million funt sarflagan.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Guardian