Manba: "Bolonya" Shomurodovni sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2022, 20:28
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov yangi mavsumni "Bolonya"da o'tkazishi mumkin.

"Bolonya" va "Roma" O'zbekiston terma jamoasi forvardi Eldor Shomurodov transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. "Bolonya" hujumchini 9 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.

Shomurodov 2021 yilning avgustida 18 million evro evaziga "Jenoa"dan "Roma"ga o'tgan edi.

27 yoshli hujumchi o'tgan mavsum Rim klubi safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira