Maksim Shackix: "Qayrat" bilan har yili o'ynashni ananaga aylantirishdan xursand bo'lardik"

Administrator
19 iyul 2023, 22:06
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida o'tkazilgan "Qayrat" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix matbuot anjumanida qatnashdi.


- Barchasi biz kutgandek bo'ldi. O'yin har ikki jamoa hujumlari bilan kechdi. Muxlislarga yoqadigan futbol bo'ldi. Biz bahs oxirida to'p kiritib, g'alaba qozondik. Hozir biz ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Yakshanba kuni Toshkentda Tojikiston chempioni "Istiqlol" bilan maydonga tushamiz. 

Tarkibning bir guruhi uch kun oldin nazorat bahsida o'ynagandi. Bugun ikkinchi guruhning navbati keldi.

Tez orada turk klublari bilan memorandum imzolaymiz, turli sohalarda tajriba almashamiz. Futbolchilar o'tishlari amalga oshishi mumkin. Klub va rahbariyat turk jamoalari bilan iliq munosabatda. 

Uchrashuvda bazi kamchiliklarni ham ko'rib oldik. O'yinchilar so'nggi 10 kunda yuqori yuklamalar olishdi. Bugun hech kim almashtirilishini so'ramadi. Demak, ularning jismoniy holati bunga dosh berdi. Hozirlikni rejadagidek davom ettiramiz. 

"Qayrat" bilan har yili o'ynashni ananaga aylantirishdan xursand bo'lardik. Ishqibozlar uchun bellashuv katta bayram bo'ldi. Buni saqlab qolish yaxshi. Bizni juda iliq kutib olishgani, barcha qulay sharoitlar muhayyo etilgani uchun mezbonlarga rahmat aytaman. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати