Madrid derbisidan avval "Atletiko" "Real"dan 2 kun kam dam oladi. Bu Simeone jamoasiga yoqmayapti

Aslanov Jasurbek
7 sen 2024, 19:56
"Atletiko"dagilar LaLiga taqvimidan norozi.

Diego Simeone jamoasi LaLiganing 8-turida bo'ladigan derbi oldidan "Real"dan 2 kun kam dam oladi:

"Qaymoqranglilar" "Alaves" bilan 24 sentyabrda o'ynasa, "matraschilar" 26 sentyabrda "Selta" bilan uchrashishadi. "Atletiko" - "Real" bahsi 29 sentyabrda o'tkaziladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" rahbarlari LaLiga taqvimi mantig'iga tushinishmayapti.

Bundan tashqari, ular LaLigadagilar nega o'z jamoasi uchun qayg'urmayotganidan, o'zining mahsuloti uchun jon kuydirmayotganidan hayron. "Atletiko"dagilarning fikricha, bunday taqvim muxlislarni kamaytiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca