
“Liverpul” futbolchisining aytishicha, jamoaning barcha futbolchilari ushbu musobaqada ishtirok etish uchun jon-jahti bilan harakat qilayotgan ekan.
“Bizning jamoa mundialda ishtirok etishni juda-juda xohlayapti. Ishontirib aytamanki, biz oldimizga qo'ygan maqsadga erishamiz”, - deydi Suares.
Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Oskar Tabares shogirdlari Iordaniya qarshiligidan o'tishlariga to'g'ri keladi.