Luchano Spalletti "Roma"dan ketishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 dek 2016, 19:40
"Roma" bosh murabbiyi Luchano Spalletti lavozimini tark etishi mumkin.
Avvalroq, u "Yuventus"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng "Agar g'alabalar bo'lmasa, men ketaman" deb aytgan.

"Spalettining kelajagi? Barchasi uning o'z qo'lida. U qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Agar u istasa biz muzokaralar o'tkazish uchun uchrashib olamiz. Turindagi mag'lubiyat ketayotgan yo'limizdan bizni qaytara olmaydi", - deydi "Roma" bosh direktori Umberto Gandini.


Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling va ertaga qur'ani onlayn kuzating - telegram.me/championatasia

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia