Loran Blan: Monakoni mag'lub etishimiz shart edi, avtogol barchasini barbod qildi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2014, 08:43
PSJ ustozi Loran Blan Fransiya chempionatining 24-turidan o'rin olgan Monakoga qarshi bahsdan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Birinchi bo'limda biz o'yinni nazorat qildik, keyin qiyin bo'ldi. Bu erga g'alaba uchun kelgandik, birinchi bo'limda ustunlik qildik.

Uch ochko olishimiz shart edi, ammo avtogol barchasini barbod qildi. Omadimiz kelmadi, – deydi Blan.

Eslatib o'tamiz, PSJ Monakoni 5 ochkoga ortda qoldirgan holda hamon peshqadam bo'lib turibdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru