"Lokomotiv"ning 4 futbolchisi koronavirusga chalingani ma'lum bo'ldi

Alisher
28 may 2020, 15:30
Moskvaning "Lokomotiv" klubi koronavirus uchun topshirilgan testlarning javoblarini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Dmitriy Barinov, Anton Kochenkov, Timur Sulaymonov va Roman Tugarevlar koronavirus infekciyasiga chalinishgan.

Kasallik belgilarsiz o'tmoqda, o'yinchilar o'zlarini yaxshi his qilishmoqda va uyda o'zlarini izolyaciya qilishgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq jamoa hujumchisi Jefferson Farfan ham COVID-19'ni yuqtirib olgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fclm.ru