Vitaliy Denisov Superliga klubiga o'tmoqda

Alisher
18 iyul 2022
"Dnepr" va "Lokomotiv" (Moskva) sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyatini O'zbekiston chempionatida davom ettiradi.

Saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'zievning ma'lum qilishicha, O'zbekiston terma jamoasi sobiq o'yinchisi faoliyatini Jizzaxning "So'g'diyona" klubida davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, Denisov faoliyati davomida SSKA, "Spartak" (NN), "Dnepr", "Lokomotiv" (Moskva), "Krilya Sovetov", "Rubin", "Rotor", "Tom" va "Baltika" jamoalarida harakat qilgan.

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI


AlisherMuallif
Manba: championat.asia