"Lokomotiv"ga gol urgan Alisher Jalilov: "Uzoq masofa bosib kelgan muxlislarga tashakkur"

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2020, 22:04
OCHL-2020 saralashi doirasida Tojikistonning "Istiqlol" klubi Toshkentda mezbon "Lokomotiv" ustidan g'alaba qozondi.

Ushbu g'alaba ularga pley-off bosqichiga yo'llanmani taqdim etdi. O'yindan keyin mehmonlar yetakchisi Alisher Jalilovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Og'ir va oson bo'lmagan o'yinni o'tkazdik. G'alabadan xursandmiz. Raqibimiz to'p bilan yaxshi muomala qilishini bilar edik. Shunga yarasha taktika asosida harakat qildik. Rejalarimiz amalga oshdi. Maqsadimiz guruh bosqichiga chiqish. Keyingi o'yinni o'ylashimiz lozim. Fursatdan foydalanib uzoq masofa bosib kelib, stadionda bizlarni qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Futbol muxlislarsiz o'z jozibasini yo'qotadi. Ular ajoyib muhit hosil qilishdi", - dedi uchrashuvdagi yagona gol muallifi Alisher Jalilov.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia