"Istiqlol" - Tojikiston chempioni!

Sherzod Nurmatov
8 dek 2025
Dushanbening "Istiqlol" jamoasi muddatidan avval Tojikiston chempioniga aylandi.

Tojikiston chempionati 19-turidan o'rin olgan "Vaxsh" bilan o'yindan (1:1) keyin poytaxt klubi mamlakat titulini o'ziniki qildi. Bu "Istiqlol"ning 14-chempionligidir.

Dushanbeliklar bunga qadar 2010, 2011, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020, 2021,  2022, 2023 va 2024 yilda mamlakat chempioni bo'lgan.

Ma'lumot o'rnida, "Istiqlol" tarkibida o'zbekistonlik himoyachi Marlen Chobanov to'p tepmoqda. Bundan tashqari, "Istiqlol" tarkibida O'zbekiston Superligasida harakat qilgan ko'plab futbolchilar o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia