“Lokomotiv-W” qizlarida koronavirus aniqlanmadi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2020
Avvalroq “Lokomotiv-W” ayollar jamoasi joylashgan mehmonxonada koronavirus infekciyasiga chalingan fuqaro aniqlangani va jamoa shu bois zudlik bilan izolyaciyaga olingani haqida xabar bergan edik.

Shu tufayli, Oliy Liga 2-turidan o'rin olgan “Bunyodkor-W” – “Lokomotiv-W” uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgan edi. Shu kuniing o'zida jamoa koronavirus infekciyasi uchun test topshirgan va jamoa joylashgan “Lokomotiv” mehmonxonasida karantinga olingan.

Ma'lum bo'lishicha, bugun jamoa vakillaridan olingan test javoblari e'lon qilingan va ularda virus aniqlanmagan. Shu bois, bugunning o'zida “Lokomotiv-W” klubi ushbu mehmonxonadan to'liq tarkibda Chirchiq shahridagi "Zerom" mehmonxonasiga ko'chib o'tgan. Jamoa ayni damda ushbu mehmonxona yaqinidagi “Kimyogar” stadionida mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz