Lokomotiv kichik tatildan so'ng mashg'ulotlarni yana davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
9 okt 2013, 14:22
4 oktyabr kuni Lokomotiv jamoasi 22 milliy chempionatimizning navbatdagi 21-turida Paxtakor klubiga qarshi maydonga tushgan va 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

Temiryo'lchilarga ushbu o'yindan so'ng murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra jamoaga to'rt kunlik dam berilgan edi.

Qisqa muddatlik hordiq chiqarishdan keyin futbolchilar bugun Lokomotiv sport majmuasida yig'ildilar va Metallurg klubiga qarshi o'yinga tayyorgarlik mashg'ulotlariga kirishdilar.

Ayni damda Lokomotiv jamoasi 21 uchrashuvdan 45 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining 2-pog'onasidan joy olgan.

Eslatib o'tamiz, navbatdagi 22-turni jamoamiz 18 oktyabr kuni safarda, Metallurg klubiga qarshi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz