"Lokomotiv" futbolchisi: "Kompyuter o'yini sabab futbolga kirib kelganman"

Tolibjon Qosimov
21 okt 2017, 20:11
Moskvaning "Lokomotiv" klubi futbolchisi Manuel Fernandesh rus nashriga intervyu berdi.

Intervyu paytida portugaliyalik yarim himoyachi futbolga qanday qilib kirib kelgani haqida gapirib o'tdi.

"Bu haqiqat, men futbolga kompyuter o'yini sabab kirib kelganman. Bolaligimda, 6 yoki 7 yoshimda men videoo'yinlar ishqibozi bo'lganman va umuman futbol o'ynamaganman. Yanada aniqrog'i, uni hatto televizor orqali ham ko'rmaganman. Bir safar, do'stlarim bilan "Kick Off" (futbol simulyatori, birinchi bor 1989 yilda chiqqan) o'ynashga qaror qildik. Menga yoqdi va men shunday qarorga keldim: "Nima uchun futbolni hayotda sinab ko'rmaslik kerak?" Shu tariqa, men "Benfika" maktabiga borib qoldim", - dedi Fernandesh.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com