

Portugaliyalik futbolchi 17 daqiqa “Zlin” jamoasi darvozasini uch bor aniq nishonga oldi. Yarim himoyachi 2-daqiqada penaltini golga aylantirgan bo'lsa, 6-daqiqada Ederning pasini darvozaga joyladi. 17-daqiqaga kelib esa Miranchuk boshlagan hujumni samarali yakunladi. Shu tariqa u turnir tarixida eng tezkor xet-trik muallifiga aylandi.
Bungacha eng tezkor xet-trik muallifi sifatida PAOK futbolchisi Stefanos Atanasiadis (28 daqiqa) qayd etilgandi.



