"Liverpul" van Deyk bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirdi

Alisher
13 avg 2021, 15:40
"Liverpul" himoyachi Virjil van Deyk bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

Angliya klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, yangi bitimning muddati 2025 yilga qadar amal qiladi.

Van Deyk "Liverpul"ga 2018 yilning yanvarida o'tgan edi. U jamoa tarkibida jami 130ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com