"Liverpul" Mukokoni taqib qilishdan to'xtamaydi

Omonjon To`xtamirzayev
17 dek 2022
Angliyaning "Liverpul" klubi "Borussiya" Dortmund futbolchisi Yussufa Mukokoni qo'lga kiritish uchun harakatini to'xtatish niyatida emas.

Germaniyalik 18 yoshli forvard uchun raqobatda "Chelsi"ning ustunligini tan olish shart. Uning uchun navbatda turganlar orasida "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Barselona" va "Nyukasl" klublari ham bor. Mersisayd klubi ushbu kurashda g'olib chiqish uchun harakat qilishda davom etadi. Uning nemis klubidagi shartnomasi kelasi mavsumda yakun topishi tufayli Yevropaning ko'plab jamoalari uni o'ziga jalb qilishga urinmoqda.

"Liverpul" nemis futbolchisi vakillari bilan muzokaralar olib bordi va yanvargacha aniq taklif bilan chiqishlari kutilmoqda.

Mukoko 2020 yilda 16 yoshli o'yinchi sifatida debyut qilganidan beri 59 ta o'yinda 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U joriy mavsum Bundesliga klubi tarkibida atigi 766 daqiqa harakatlanib, 6 ta gol urdi. Bu uning Germaniya terma jamoasi safida Qatardagi Jahon chempionatida ishtirok etish chaqiruvini olishiga etarli bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Football Insider