"Real"ga Mukoko kerak

Mirjalol Normatov
15 may 2022, 17:51
Dortmundning "Borussiya"si forvardi Yussufa Mukoko faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, 17 yoshli futbolchi bilan "Real" shartnoma imzolashga harakat qilmoqda. "Qirollik klubi" Mukokoning transferi uchun 10 million evro ajratmoqchi. Yussufaning nemis klubi kelishuvi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.

Mukoko YCHL rekordchisi hisoblanadi. U turnir tarixidagi eng yosh futbolchi bo'lib turibdi. U YCHLda 16 yosh 18 kunligida debyutini amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal