

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, u 2027 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma tuzadi.
18 yoshli hujumchi joriy mavsum "Borussiya" Dortmund safida barcha turnirlar doirasida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yussufa Mukokoga "Barselona", "Liverpul", "Chelsi", "Manchester Yunayted" va Angliya Premer-ligasining boshqa vakillari qiziqish bildirgan.
Avvalroq Mukoko yoshini soxtalashtirishda gumon qilinayotgani xabar qilingan edi.



