Lindelyof o'ynayotgan paytda uning uyiga noma'lum shaxslar bostirib kirishdi

Оқил Абдубарноев
21 yanv 2022, 21:42
Noma'lum kimsalar "Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyofning uyiga bostirib kirishdi.

Ushbu voqea chorshanba kuni 27 yoshli shved futbolchisi Premer-liga doirasida "Brentford"ga qarshi o'ynayotgan paytda sodir bo'lgan.

Futbolchining rafiqasi Mayyaning aytishicha, bosqinchilar Manchestyerdagi uylariga bostirib kirishidan oldin u o'z xonasiini qulflab olib, kichkintoy bolalari bilan yashirinishga muvaffaq bo'lgan.

"Vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, ahvolimiz yaxshi. Lekin, bu holat meni va bolalarni juda qo'rqitdi. Hozir biz Shvetsiyadamiz, oilamiz bilan vaqt o'tkazyapmiz", - deb yozdi Mayya Instagram sahifasida.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik bugun Viktorga dam berdi va uni 22 yanvar kuni "Vest Xem"ga qarshi o'yinga chaqirmadi.

"U nima sodir bo'lganini aytdi. Lindelyof xotini va bolalarini tashlab ketmoqchi emas. Biz bugun u mashg'ulot o'tkazmasligiga, ertaga esa o'ynamasligiga kelishib oldik", - dedi nemis murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail