"Aston Villa" Viktor Lindelyofni safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025
"Aston Villa" shvetsiyalik 31 yoshli himoyachi Viktor Lindelyof bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

U MYUdagi 8 yillik faoliyatini yakunlaganidan so'ng klubga erkin agent sifatida qo'shildi.

Shvetsiya terma jamoasi sobiq sardori allaqachon himoya markazini kuchaytira oladigan "tajribali va ko'p qirrali himoyachi" sifatida ko'rilmoqda. Lindelyof "Old Trafford"da 284 o'yin o'tkazib, Liga Kubogi va Angliya Kubogini qo'lga kiritgan. U APLga o'tishdan oldin "Benfika"da ham o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: avfc.co.uk