Levandovski Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2017, 17:43
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Kicker o'tkazgan so'rovnomaga ko'ra, Bundesligada 2016/17 mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

So'rvonomada faqat Germaniya chempionati futbolchilari ishtirok etdi (248 kishi).

Natijalarga ko'ra, Levandovski 25% ovoz yig'ib, birinchi o'rinni egalladi. "Leyptsig" yarim himoyachisi Nabil Keyta 15,7% ovoz yig'ishga erishdi. Ovoz berganlarning 10,5% Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyangni tanlashdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker