Lester shahrining ko'chalariga Raneri yoki uning shogirdlari nomi berilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 apr 2016, 16:51
Lester meri Piter Soulsbining ma'lum qilishicha, shahar ko'chalari nomini "Lester Siti" futbolchilari nomiga o'zgartirilishi mumkin.

"Lester oldin ham sport yulduzlarining xizmatlarini munosib taqdirlagan. Bizda golfchilar nomi berilgan tuman bor, shu bilan birga Lineker Road ham Gari Lineker tufayli o'zgartirilgan. "Lester Siti"ning muvaffaqiyatlari jamoaviy o'yin mahsulidir, shu sababli Vardy Vale, Schmeichel Stree, Drinkwater Drive va Ranieri Road nomli ko'chalar paydo bo'lishi mumkin" - deydi Soulsbi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport