

Ma'lumotlarga ko'ra, Lempard Obameyangning o'yinlariga yuqori baho beradi va hujumchi APL doirasidagi o'yinlarda jamoasiga yordam bera oladi. Lekin u qaydnomaga kiritilmaganligi sababli Chempionlar ligasida ishtirok eta olmaydi.
Obameyang 2023 yilda besh marotaba maydonga tushdi, faqatgina bitta uchrashuvni u asosiy tarkibda boshladi. Qolgan bahslarda turli sabablarga ko'ra, zaxirada qoldirildi. Ma'lum bo'lishicha, uning sobiq murabbiy Grem Potter bilan aloqalari u qadar yaxshi bo'lmagan.



