"Lacio" "Chelsi" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
14 mar 2020, 18:09
"Lacio" rahbariyati yozgi transferlar oynasida "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru bilan shartnoma imzolamoqchi.

Qayd etish kerakki, fransiyalik futbolchining londonliklar bilan tuzgan shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi va tomonlar bitimni uzaytirishni rejalashtirishmayapti.

Jiru yanvarda "ko'klar" safidan ketishga yaqin edi, ammo u o'zi aytganidek "Chelsi"da baxtli.

Olive joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it