​La Liga. “Atletik” so'nggi daqiqalarda gol urib, “Jirona”ni mag'lub etdi

11 dek 2018, 07:14
Ispaniya La Ligasi 15-turi doirasida so'nggi bellashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Atletik” jamoasi o'z maydonida “Jirona”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol 90-daqiqada Aduris tomonidan kiritildi. U 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib jamoasiga uch ochko keltirdi.

“Atletik” – “Jirona” 1:0
Gol: 1:0 – 90, penalti Aduris.
Atletik – Yago Errerin, Kapa, Yeray Alvares, Nunes, De Markos, Dani Garsiya, Benyat (San Xose, 76), Inyaki Uilyams (Susaeta, 62), Raul Garsiya, Kordoba (Muniain, 82), Aduris.
Jirona – Iraysos, Ramalo, Espinosa, Xuanpe, Porro, Aleish Garsiya(Duglas Luis, 62), Pons, Granel, Portu (Losano, 72), Garsiya, Stuani (Dumbiya, 89).
Ogohlantirishlar: Benyat (55), Nunes (78), Kapa (81), Xuanpe (83).



O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia