

Mehdi Obeid "Nant" klubiga 2019 yilda o'tgan va fransiyaliklar bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagandi. "Al Nasr" jazoirlik markaziy yarim himoyachini "Nant" klubidan sotib oldi va bugun mazkur o'tishni e'lon qildi. E'tiborli tarafi shundaki, "Al Nasr" klubi Obeid bilan 1,5 yillik shartnoma imzolanganini ma'lum qilib, qo'shimcha sifatida futbolchi yaqindagina jamoaga erkin agent sifatida qo'shilgan Doston Hamdamov o'rniga ro'yxatdan o'tkazilishi haqida yozgan.

Bundan ko'rinib turibdiki, "Al Nasr" Hamdamov bilan xayrlashish arafasida. Klub Hamdamov bilan o'rtadagi shartnoma ikki yoki bir tomonlama buzadimi yoki futbolchini ijaraga beradimi, bu hozircha noma'lum.
Eslatib o'tamiz, Doston Hamdamov "Paxtakor" bilan shartnomasi tugagach "Al Nasr"ga tekinga o'tgan va amirliklar bilan 1,5 yillik shartnoma qilgandi.
Doston Hamdamov shu vaqt mobaynida "Al Nasr" safida kubok doirasida 1 va chempionatda ikki o'yinda ishtirok etdi. E'tiborli tarafi, Hamdamov hamma o'yinda asosiy tarkibda tushdi, lekin hech bir uchrashuvni to'liq o'tkazmay zaxiraga olindi.



