Koselni: “Kante – Premer liganing eng yaxshi futbolchisi”

Aslanov Jasurbek
24 mar 2017, 01:13
Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Loran Koselni “Chelsi”ning markaziy yarim himoyachisi N’Golo Kantening iqtidoriga yuqori baho berdi.

“Hammasi oddiy. U ligadagi eng yaxshi futbolchi. U Angliyaga tezda moslashdi va ajoyib o'yin namoyish eta boshladi. Qachonki jamoangizda maydon markazida Kante singari futbolchi bo'lsa, u har doim maydonda nimani qilish lozimligini juda yaxshi biladi. U “Chelsi”da o'ziga yuklatilgan barcha vazifani to'g'ri bajarmoqda”, deydi “Arsenal” futbolchisi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: standard.co.uk