

Mahalliy matbuotning xabariga ko'ra, turnirni o'tkazish uchun JAR aholisining kamida 70 foizi vakcina qilingan bo'lishi kerak. Hozirda bu natija 33 foizni tashkil qilmoqda.
Qayd etish kerak, JAR davlati Buyuk Britaniyaning "qizil ro'yxati"da bo'lib turibdi. U yerdan biror inson ayni damda ushbu davlatga tashrif buyura olmaydi.
Bunga qadar koronavirus sababli Yaponiya davlati ham turnirni qabul qilishni istamagandi. Shu orqali klublar o'rtasidagi JCHni o'tkazish uchun yagona da'vogar BAA davlati bo'lib qolmoqda.
O'tgan safargi turnir 2021 yil fevralida Qatarda tashkillashtirilgan va unda "Bavariya" finalda Meksikaning "Tigres" jamoasini mag'lub etgandi.



