Braziliya 9 karra Kopa Amerika g'olibi!

Eldor Akmurzayev
8 iyul 2019, 02:55
Kopa Amerika-2019ning finalida mezbon Braziliya terma jamoasi Peru bilan bahs olib borib, 3:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvda hisob 15 daqiqada Gabriel Jezusning uzatmasidan so'ng pentakampeonlar forvardi Everton tomonidan ochildi. Keyin Paolo Gerrero penaltinidan unumli foydalanib, o'rtadagi farqni tikladi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan ikkinchi daqiqada esa Jezus darvozani ishg'ol etib, muvozanatni yana o'z jamoasi tomonga og'dirdi. Keyingi bo'limning o'rtalarida tinib-tinchimas Jezus perulik futbolchiga qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

Uchrashuv tugashiga oz fursatlar qolganida esa Risharlison 11 metrlik nuqtadan raqib darvozasini aniq nishonga olib, o'yindagi yakuniy hisobni belgiladi. Shu tariqa, braziliyaliklar o'z tarixida 9 marotaba qita birinchiligida zafar quchishdi. Peru esa uchinchi bora finalga chiqib, ilk marta mag'lubiyatga uchradi.

Braziliya – Peru 3:1 (2:1, 1:0)

Marakana.

Gollar: 1:0 – 15 Everton, 1:1 – 44, penalti Gerrero, 2:1 – 45 Gabriel Jezus, 3:1 – 90, penalti Risharlison.

Braziliya – Alisson, Markinos, Aleks Sandro, Dani Alves, Tiago Silva, Kazemiro, Koutino (Eder Militao, 77), Artur, Firmino (Risharlison, 75), Everton (Allan, 90), Gabriel Jezus.

Peru – Galese, Sambrano, Advinkula, Abram, Trauko, Flores, Yotun (Ruidias, 78), Kueva, Karrilo (Polo, 86), Tapiya (Gonsales, 82), Gerrero.

Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus (30), Tapiya (49), Tiago Silva (53), Sambrano (68), Advinkula (84), Risharlison (90).

Chetlatish: Gabriel Jezus (70).


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia