Klublar o'rtasidagi mundialning yangi sanasi tasdiqlandi

Eldor Akmurzayev
17 noya 2020, 21:20
Musobaqa joriy yil dekabrda o'tishi kerak edi.

Biroq, pandemiya tufayli u boshqa muddatga qoldirildi. 

FIFA klublar o'rtasidagi JCHning yangi sanasini tasdiqladi va unga ko'ra turnir 2021 yil 1-11 fevral sanalarida Qatarda o'tishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, hozircha mundialda ishtirok etadigan 7 jamoadan ikkitasining nomi ma'lum: “Bavariya” (YCHL 2019/20 g'olibi) va “Al Duhayl” (mezbon, Qatar Yulduzlar Ligasi 2019/20 g'olibi).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia