Kloze: "Jahon Chempionatiga borish uchun "Lacio"da mavsumni yaxshi o'tkazishim kerak"

Tolibjon Qosimov
14 avg 2013, 18:21
35 yoshli Germaniya terma jamoasi va "Lacio" hujumchisi Miroslav Kloze Jahon Chempionatiga borishga uchun unga faqat klubdagi barqaror yaxshi o'yin yordam berishi mumkinligini ta'kidladi.
"Mening maqsadim - to'rtinchi bor Jahon Chemionatiga borish. Buning uchun esa men "Lacio"da mavsumni yaxshi o'tkazishim talab etiladi. Braziliyada faoliyatimning cho'qqisiga chiqmoqchiman. Men mavsumga a'lo darajada tayyorlandim. Buni Italiya Superkubogidagi g'alaba bilan isbotlash imkoni bor", dedi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Italiya Superkubogi 18 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com