Klopp: "Shaxin jarohat tufayli "Kyoln"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi"

Aslanov Jasurbek
13 mar 2015, 10:23
Dortmundning "Borussiya" yarim himoyachisi Nuri Shaxin "Kyoln"ga qarshi Germaniya chempionatining 25-turida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Bu haqda dortmundliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp ma'lum qildi.

"Shaxin Bundesliganing keyingi uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Afsuski u jarohatidan to'liq qutila olmadi" - deydi Klopp.

Shaxin bu mavsumda Bundesliganing 7ta uchrashuvida maydonga tushdi va bitta gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com