Kilian Mbappe: "Fransiyadan ketishimni e'lon qilish bunchalik og'ir bo'ladi, deb o'ylamagandim"

Omonjon To`xtamirzayev
14 may 2024, 14:22
Hech kimga sir emas Kilian Mbappe yozda PSJni tark etadi.

"Hammaga salom, bu Kilian. Men sizlar bilan suhbatlashmoqchiman. Men vaqti kelganida sizlarga barchasini ma'lum qilishga vada bergandim va hozir yozda PSJdan ketayotganimni aytmoqchiman. Shartnomam yakuniga etadi va uni uzaytirish niyatida emasman, bir necha haftadan keyin Parijdagi sayohatim yakuniga etadi. 

Avvalambor, men barcha jamoadoshlarim va murabbiylarimga rahmat aytaman: Emeri, Tuxel, Pochettino, Galte va Luis Enrike. Doimo meni qo'llab-quvvatlagani uchun sport direktorlari Leonardo va Luish Kampushga. Klub ishonchli qo'llarda qolayotganini bilaman.

Bu juda og'ir, og'ir va men Fransiya va Liga 1"ni tark etayotganimni e'lon qilish bunchalik qiyin bo'ladi, deb o'ylamagandim. Biroq menga bu kerak, oradan etti yil o'tib, yangi chorlov zarur. Ana shu etti yil davomida bergan mehr-muhabbatlari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. PSJ - shunday klubki, unga neytral munosabatda bo'la olmaysiz. Uni yo yaxshi ko'rasiz, yoki nafratlanasiz. Men hech bir ishimdan afsuslanmayman va bu klub abadiy yuragimda qoladi. Bu yerda ortiq o'ynamayman, lekin jamoa uchrashuvlarini tomosha qilishda davom etaman. Men bor kuchimni ishga solib, jamoa g'alabalariga hissamni qo'shish uchun intildim va bu yerda o'tkazgan vaqtim, takrorlanmas lahzalar uchun taqdirdan minnatdorman".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tuttomercatoweb.com