Keyn: "Iloji boricha o'zimni takliflardan uzoqroq tutyapman"

Mirjalol Normatov
28 mar 2021, 12:42
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Sovrinlar yo'lida "Tottenxem"dan ketish? Bu savolga javob berish qiyin. Hozir Angliya termasi ixtiyoridaman. "Tottenxem" bilan mavsumning qolgan qismini o'tkazishim kerak. Bu mening ishim.

Yevropa chempionatida kuchli ishtirok etishim uchun o'z maqsadim va vazifalarim bor. Shu boisdan takliflardan o'zimni uzoq tutyapman. Yozgacha o'z ishimni bajarishda davom etaman. Buyog'iga nima bo'lishini ko'ramiz", - dedi Keyn.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal