Keyn 48 ta gol bilan Linekerga yetib oldi, oldinda yana ikki nafar futbolchi bor

Aziz Tukhtamuradov
16 noya 2021, 09:53
Angliya terma jamoasi JCH-2022 saralashida San-Marinoni 10:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yinda Garri Keyn 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Endi uning hisobida terma jamoasi uchun urilgan 48 ta gol bor. 

Bu orqali u Angliya terma jamoasi to'purarlari ro'yxatida Gari Linekerga yetib oldi. Har ikki futbolchi hozir uchinchi o'rinni egallab turibdi. 

Bobbi Charlton 49 ta to'p kiritgan. Ueyn Runi esa 53 ta gol bilan Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Transfermarkt