Kevin-Prins Boateng: “Bavariya”ga qarshi o'yinda Jerom 90 daqiqa davomida mening raqibimga aylanadi”

20 sen 2013, 10:34
“Shalke” klubi yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng, hozirda uning ukasi to'p surayotgan “Bavariya” klubiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin xususida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

“Shanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinda Jerom 90 daqiqa davomida raqibimga aylanadi. Men unga bu haqda aytganman.

Biz uchun bu to'qnashuv jiddiy yutuq, chunki biz yuqori pag'onadagi klublarda qarama-qarshi chiqayapmiz. Qolganini esa o'yin davomida ko'ramiz”, - deydi Boateng.

Eslatib o'tamiz, “Shalke” – “Bavariya” uchrashuvi 21 sentyabrda Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.


Manba: sports.ru