Kazemiro: “Valverde haqidagi fikrim noto'g'ri bo'lgan ekan”

Eldor Akmurzayev
20 fev 2020, 21:55
“Real” xavbeki Kazemiro jamoadoshi Federiko Valverde haqida fikr bildirdi.

“Ikki yildan so'ng Valverde jahonning eng yaxshi “sakkizligi”ga aylanish haqida aytgandim. Nazarimda, yanglishganman, boisi, u kutilganidan tezroq yuqorilamoqda. Federiko o'yindan o'yinga kuchayib, ajoyib mavsumni o'tkazmoqda va u alloqachon “Real”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan. 

Valverde qattiq mehnat qilmoqda. Biroq, u hozir 21da, ortiqcha bosim tushmasligi uchun bu yoshda barchasi xotirjam qabul qilish zarur. Eng muhimi esa u eshita oladigan kamgap yigit”, deya qayd etgan braziliyalik.

Valverde joriy mavsum “qaymoqranglilar” libosida 28 o'yinda qatnashib, 2+4 natijaga erishdi.  

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca